Argentina, Eron, Saudiya Arabistoni, Misr va BAA BRIKSning yangi a’zolari bo‘ladi, deb xabar tarqatdi Braziliyaning UOL yangiliklar portali sammitning yakuniy hujjatiga tayanib.

“Tashkilot yana beshta mamlakat hisobiga kengayadi. Yakuniy hujjatga  Saudiya Arabistoni, Argentina, Eron, BAA, Misr” kiritildi, – deyiladi xabarda.  

UOL portali tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, yangi a’zo mamlakatlar jug‘rofiy tamoyillar bo‘yicha taqsimlangan. Muvozanatga amal qilish uchun ro‘yxatga yana bir Afrika mamlakati kiritilishi mumkin.

Sputnik radiosining ma’lum qilishicha, BRIKS mamlakatlari birlashmani kengaytirish bo‘yicha yakuniy to‘xtamga kelgan.