“COVID-19”ning yangi – “Eris” turi bilan bog‘liq ilk ikki hodisa Misrda qayd etildi, deb xabar tarqatdi ushbu mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.
“Kasallik kuzatib borilayotgan markazda amalga oshirilgan tahlil natijasi grippga o‘xshash o‘tkir yuqumli xastalik pnevmoniyaning yangi “COVID-19 EG-5.2” varianti ekanini tasdiqlamoqda”, – deyiladi vazirlik bayonotida.
Xabarda ta’kidlanishicha, ikkala shaxsda ham xastalikning yengil alomati kuzatilyapti, bemorlar tuzala boshlagan. Avvalroq JSST dunyoda “Eris” nomi bilan atalgan “COVID-19”ning, “EG.5” ko‘rinishi juda tez tarqalayotganini xavotir bilan ma’lum qilgan edi. Ayni dam ushbu variant global miqyosda xavf tug‘dirmayotgani ta’kidlanmoqda.
O‘zA