Xitoyning Shensi muzofotidagi ko‘mir konida portlash yuz berdi va 11 kishi halok bo‘ldi.
21 avgust kuni Sintay shaxtasida hodisa sodir bo‘lgan payt 90 kishi ishlayotgan edi.
Qutqaruvchilar ma’lumotiga ko‘ra, 81 nafar konchi yer yuzasiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi, biroq ulardan ikki nafari og‘ir jarohat tufayli vafot etdi. 11 kishi yengil tan jarohati oldi.
Bugun ertalab yer ostida qolib ketgan 9 ishchining jasadi topildi.
Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar, favqulodda xizmat va politsiya xodimlari ishlayapti.
O‘zA