21 avgust kuni tunda 2023/2024 yilgi o‘quv yili uchun o‘tkazilgan davlat test imtihonlarining javobi e’lon qilindi.

Imtihon natijalari e’lon qilinganidan so‘ng talabalikka tavsiya etilganlar orasida bir oiladan baravariga uch nafar farzand ham borligini eshitdik. Toshkent shahrida istimoqat qiladigan Yusupovlar oilasida birdaniga uch nafar egizak farzand — Fotima, Zuhra va Zahro birinchi urinishdayoq davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Videoni to‘liq tomosha qilish orqali ushbu oilaning xursandchiligi va ushbu yutuqqa erishguniga qadar qanday holatlarni boshdan o‘tkazganini tinglashingiz mumkin.

Videoni to‘liq O‘zAning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin

Farrux Xudoyorov, Doniyor Yakubov (video)