Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtati hukumati uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash amaliyoti chog‘ida jinoyatchidan musodara qilingan har bir qurol uchun politsiyachiga ming dollar berilishi qarorini e’lon qildi.
Hujjatda yozilishicha, vazifasini bajarayotganda jinoyatchidan ro‘yxatga olinmagan yoki noqonuniy olib yurilgan miltiqni musodara qilgan politsiyachi 5 ming real yoki 1004 dollarga ega bo‘ladi.Hukumat aniqlik kiritishicha, mukofot faqat soz holatdagi qurol uchun ko‘zda tutilgan. Demak, har bir o‘q otar ko‘zdan kechiriladi. Tegishli mablag‘ hududiy xavfsizlik vazirligi hisobidan ajratiladi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, joriy yil birinchi yarmida Rio-de-Janeyro hukumati 266 dona uzun qo‘ndoqli qurol musodara qilgan.