BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitiga taklifni xursand holda qabul qildi. Mulozim ushbu anjumandagi ishtirokidan foydalanib, bir necha muhim murojaatini e’lon qiladi, deya bayonot berdi uning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik.
– Hozir murakkab davrni boshdan kechiryapmiz, – degan u OAV uchun uyushtirilgan brifingda. – BRIKS sammiti xalqaro maydonda munosib o‘rniga ega davlatlarni to‘pladi. Biz bu gal minbardan qator muhim murojaatlarni yetkazish maqsadida foydalanamiz.
Xitoy, Hindiston, Braziliya va JAR yetakchilarining bevosita ishtirokida kechadigan BRIKS sammiti 22-24 avgust kunlari poytaxt Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadi.
Tuzilmaning yana bir a’zosi Rossiya nomidan Prezident Vladimir Putin anjumanda videokonferensiya orqali qatnashishini ma’lum qilgan.