“Euronews” xabar berishicha, avji ta’til paytida ko‘hna qit’aga navbatdagi jazirama to‘lqini yopirilgan.

Fransiya yo‘l xizmati haydovchilarni dvigatel qizib ketishi xavfidan ogohlantirib, kuch to‘plab olish va mashina motorini sovutish uchun tez-tez to‘xtashni tavsiya qilmoqda. Ijtimoiy xizmat xodimlari va ko‘ngillilar avtomobil egalari va sayohatchilarga tekin suv tarqatmoqda.

Yevropa janubidagi ko‘plab hududlar, allaqachon, 40 darajali jaziramaga ko‘nikkan. Rimda iyul o‘rtasida harorat 43 darajagacha ko‘tarildi, faqat avgustda biroz pasayib, 38-40 darajani tashkil etyapti.