Biologik tahdidlardan himoyalanish holati bo‘yicha Pentagon taqdim etgan ma’ruzada bir necha mamlakat, jumladan, Rossiya biologik qurol ishlab chiqarish dasturini davom ettirayotgani keltirilgan.
“AQSHning fikricha, Shimoliy Koreya va Rossiya bioqurollar va toksinlar bo‘yicha konvensiya doirasida o‘z zimmasiga olgan majburiyatga amal qilmay biologik hujum qurollarini yaratish bo‘yicha dasturni davom ettirmoqda. Shuningdek, AQSH Eronning faolligidan ham xavotir bildiradi”, – deyiladi hisobotda. Shu bilan birga, Pentagon berayotgan bahosi aynan nimaga asoslanishiga aniqlik kiritmagan.
Pentagonning ta’kidlashicha, “XXR, Rossiya, Shimoliy Koreya va Eron an’anaviy patogenlar va toksinlarni ishlab chiqarish va foydalanish uchun bilim va imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlamoqda”.
Amerika mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, Rossiya sobiq ittifoq davrida shunday dasturlar bo‘lganini to‘liq tan olgani yo‘q. Ular demontaj qilingani bo‘yicha ham dalil keltirgani yo‘q. Katta ehtimol bilan ikkilamchi maqsadda ishlatsa bo‘ladigan biotadqiqotlarni himoya qilish bo‘yicha maxfiy sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda.
O‘z navbatida, Kreml ham AQSH biolaboratoriyalari dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatayotganini ta’kidlab keladi.