Ukrainaga kassetali o‘q-dori yetkazib berish jamoatchilikda jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Izumi Nakamitsu Xavfsizlik kengashida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi oylarda Ukrainaga qurol-yaroq va o‘q-dori yetkazib berish hajmi ortib boryapti.

“Ta’kidlashni istardimki, kassetali o‘q-dori yetkazib berish va ushbu quroldan foydalanish bilan bog‘liq xabarlar chuqur tashvish uyg‘otmoqda”, dedi Nakamitsu.

BMT Bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik avvalroq “bunday turdagi quroldan voz kechish va kassetali o‘q-dorini o‘tmishda qoldirishga” chaqirgan edi.

7 iyul kuni Prezident Jo Bayden oddiy aslaha taqchilligi tufayli Ukrainaga kassetali o‘q-dori yetkazib berish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qilgan. Bir hafta o‘tmasdan, qurol vositalari Kiyevga yetib borgani haqida xabar tarqalgan.

AQSH mudofaa vaziri matbuot kotibi general Patrik Rayder brifing chog‘ida Qo‘shma Shtatlar Kiyevga yetkazib berilgan kassetali o‘q-doriga doir texnik ma’lumotni oshkor qilmaydi, deya bayonot bergan.

O‘zA