Ukraina 2022 yil fevraldan buyon xalqaro hamkorlaridan kredit va grantlar ko‘rinishida jami 60 milliard dollar yordam olgan, dedi Oliy rada deputati Yaroslav Jeleznyak.

“Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan mamlakatlar ro‘yxatini 20,43 milliard dollar bilan AQSH boshqarmoqda, Yevropa Ittifoqi –19,39 milliard, XVJ – 6,29 milliard dollar bergan”, – deb yozdi Jeleznyak o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.  

Ukraina parlamenti 2023 yil uchun davlat byudjetini 1 trillion 296 million griven (taxminan 35,1 milliard dollar) kamomad bilan qabul qilgan edi.

Mamlakat bosh vaziri Denis Shmigalning ta’kidlashicha, 2023 yil uchun davlat byudjeti loyihasida   daromad 34,6 milliard, xarajat 69,6 milliard dollar qilib belgilangan,  oylik byudjet kamomadi 3 milliard dollarga baholangan. Ukraina byudjet kamomadini tashqi qarzlar evaziga yopish niyatida, deyiladi xabarda.

 

O‘zA