Qozog‘iston Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Rossiyaga harbiy texnika olib o‘tilgani haqidagi xabarlarni rad etib, bunday bayonotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
“Ushbu harbiy texnikaning Qozog‘iston Respublikasiga hech qanday aloqasi yo‘q, bu uchinchi davlat mulki hisoblanadi va xalqaro shartnomalar doirasida Qozog‘iston hududi orqali Rossiyaga rejali ta’mirlash uchun yuborilgan”, – deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
Idora eslatishicha, 2022 yil 27 avgustdan Qozog‘istonda qurol-yaroq va harbiy texnika eksportiga taqiq joriy qilingan va bu cheklov hozir ham amalda.
Shu munosabat bilan fuqarolardan tekshirilmagan materiallarga javob bermaslik, faqat rasmiy manbalarga ishonish so‘raladi, deya ta’kidlagan mas’ullar.