O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar muomalasi hamda bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayga ishlash sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar muomalasi hamda bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom  tasdiqlandi.

Nizomda qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilari, himoya vositalari, harbiy texnika, ularning ehtiyot va butlovchi qismlari, priborlari (agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa), shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va maxsus asbob-uskuna yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya berish tartibi;

bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyati uchun litsenziya berish tartibi;

litsenziya olish uchun murojaat qilish tartibi hamda litsenziya olish talablari va shartlari;

litsenziyalovchi organ (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi) tomonidan yigirma ish kuni ichida talabgorning arizasini ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish tartibi;

litsenziya talabgori yoki litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organ yoki uning mansabdor shaxsi qarorlari yoxud harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish hamda uni ko‘rib chiqish muddatlari, tartibi va shartlari belgilab berilgan.

O‘zA