Ma’lumki, “Uzbekistan Airways” AJ o‘n to‘qqizinchi “Airbus” havo kemasini kutib oldi. Yangi avialayner ishlab chiqaruvchining Tuluzadagi zavodida “Uzbekistan Airways” AJga topshirildi. Mazkur havo kemasi standart bir toifali komponovka tartibida 186 nafar yo‘lovchini tashish uchun mo‘ljallangan.
“Airbus A320neo” bugungi kunda o‘z sinfidagi eng yaxshi o‘rta masofali havo kemasi bo‘lib, barcha xavfsizlik va ishonchlilik talablariga javob beradi. Bu avvalgi avlod havo kemalariga qaraganda 15 foiz tejamkor, karbonad angidrid chiqarishi esa xalqaro standartlarga muvofiq me’yordan 50foiz kamroq.
“Uzbekistan Airways” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, havo kemasining tijoriy faoliyati boshlandi. Mazkur havo kemasi ilk parvozni ichki yo‘nalishda bajaradi.
“Airbus A320neo” Nukusga ilk parvozini amalga oshirishi rejalashtirilgan.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA