Farg‘ona shahrida Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Prezident jamoat joylarida tinchlikni ta’minlash masalalariga alohida to‘xtaldi.  

Milliy gvardiyaga qo‘shimcha vakolat berilib, park, xiyobon va bozorlarda jamoat tartibini saqlash ushbu tuzilma zimmasiga yuklandi.

Lekin bozorlarni “jinoyatdan xoli hudud”ga aylantirish borasida Milliy gvardiyaning faoliyati qoniqarli emasligi ta’kidlandi.

Shu yilning o‘zida Milliy gvardiya mas’ul bo‘lgan hududlardagi 236 ta jinoyatning 86 foizi aynan bozorda sodir etilgan.

Umuman, Milliy gvardiya javobgarligi ostidagi hududlarda jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha tizim yaratilmagani ko‘rsatilib, Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari I.Ibragimov lavozimidan ozod etildi.

Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi uchun Milliy gvardiyaning Jizzax va Surxondaryo viloyatlari boshliqlari hamda Navoiy shahar qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘ini ishdan bo‘shatishga ko‘rsatma berildi.

O‘zA