Bugun Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida 30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda OAV xodimlaridan tashqari mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari ham ishtirok etishdi.

– Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad millatlararo totuvlikni mustahkamlash, xorijiy davlatlar, jumladan, qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro ishonch muhitini rivojlantirish, chet eldagi vatandoshlarimiz bilan manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat, -deydi Tatar milliy madaniyat markazi raisi Rishat Nabiullin.

Videolavhani O‘zAning “YouTube” kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

O‘zA