Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Fuqaro A.U. fuqaro M.K.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 3 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shu kabi Departamentning Ellikqal’a tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro N.T. uch nafar fuqaroga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga jami 750 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlandi. N.T. tomonidan 4,7 million so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirildi.
Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA