Xitoyning birinchi qayta uchiriladigan kosmik kemasi 2027 yil tayyor bo‘ladi. XXRning ochiq koinotga chiqqan birinchi taykonavti Yan Livey shunday ishonch bildirdi. Fazogirning so‘zlarini “The South China Morning Post” nashri keltirgan.

Mutaxassis fikricha, kema “kelajakda Xitoy fazo stansiyasini qurish va Oyga qo‘nishni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi”. Qurilma yetti nafar taykonavtni olib uchish imkoniga ega bo‘ladi. Kema Yerga yaqin orbitada parvoz qilish hamda koinotni chuqur o‘rganish uchun mo‘ljallangan, deb yozadi gazeta.

To‘liq o‘lchamli prototip 2020 yil raketa tashuvchi “Long March 5” ko‘magida 67 soatlik sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirgan, deyiladi xabarda. Xitoy 2030 yil Oyga taykonavt yubormoqchi.