Amerika matbuoti prezident saylovi kampaniyasiga jiddiy qiziqish bilan qaraydi. Turli reyting va tahlil markazlari bahosiga tayanib, turli taxminlar o‘rtaga tashlanadi, jamoatchilik o‘rtasida bahs, munozara avj oladi. Shu bois AQSHda siyosiy voqealar fuqarolarning turfa munosabatini yuzaga chiqaradi. Qolaversa, mana shunday muhokamalarda bo‘lg‘usi davlat rahbarligi uchun kimning imkoniyati qandayligi oydinlashadi.

Kuni kecha “Politico” nashri Florida shtati gubernatori, keyingi yil bo‘lib o‘tadigan saylovda prezidentlikka da’vo qilayotgan Ron DeSantis mablag‘ yetishmovchiligi sabab xodimlarini ishdan bo‘shatadi, deb yozdi munozaralardan xabardor manbaga tayanib.

Qayd etilishicha, o‘tgan hafta 10 kishi ishdan bo‘shatilgan. Qisqartirish to‘g‘risidagi qaror DeSantis kampaniyasi uchun mablag‘ yig‘ish rejasiga o‘zgarish kiritish istagi tufayli qabul qilindi. Joriy yil ikkinchi chorakda to‘plangan 20 million dollar xayriya mablag‘ining 1 milliondan ko‘pi ish haqi, soliq imtiyozi, sug‘urta va hokazo maqsadlarga sarflangan.

DeSantisningmoliyaviy imkoniyatini avvalroq CNNtelekanali ham tahlil qilib, nomzodning ikkinchi chorakda yiqqan puli respublikachi raqibi, sobiq prezident Donald Tramp jamg‘armasidan 1,75 barobar kamligini bildirgan.

Shunday bo‘lsa-da, Florida gubernatori to‘plagan 20 million dollar xayriyaning o‘zi ham yaxshi natija ekani aytilmoqda,chunkiushbu mablag‘ rasman nomzodi ko‘rsatilganidan, atigi, olti hafta o‘tib yig‘ildi.

Demokratlar nomzodi kichik Robert Kennedi esa donorlardan bor-yo‘g‘i 6,3 million dollar olishga muvaffaq bo‘ldi.

Umuman, saylov kampaniyasi uchun pul to‘plash borasida amaldagi prezident Jo Baydenning oldiga tushadigani topilmayapti. “The Hill”  nashri 2023yil ikkinchi chorakda amaldagidavlat rahbari donorlardan yig‘ilgan mablag‘ bo‘yicha barcha raqiblarini, jumladan, o‘zidan oldingi Prezident Donald Trampni ham ortda qoldirgani haqida yozdi. Bu Jo Bayden 2024 yil davlat rahbari lavozimiga qayta saylanishiga ishonchni orttiradi.

Здобутки Джо Baydenа за 2022 рік | Новини.live

“Baydenning mablag‘ yig‘ish ko‘rsatkichi Tramp va boshqa har qanday nomzodnikidan ikki barobar ko‘pligi unga kuchli ikkinchi chorakni taqdim etadi”,  –deydi nashr.

Xabarlarga ko‘ra, ikkinchi chorakda Bayden 72 million dollar to‘plagan. 400 mingga yaqin donor uning kampaniyasi uchun 670 ming dollar  xayriya qilgan.

Bu borada Trampning ham ahvoli yaxshi. U ikkinchi chorakda 35 million dollardan ko‘proq yig‘di va boshqa respublikachi nomzodlardan o‘zib ketdi.

Tramp хочет заставить Зеленского и Путина заключить мирное соглашение -  Korrespondent.net

Ma’lumki, saylov kampaniyasi anchagina mablag‘ talab qiladigan amal. Mablag‘ni oson va ko‘p yig‘ish nomzodlarning nafaqat moliyaviy ahvolini belgilaydi, balki saylanish imkoniyati yuqoriligini ham bildiradi. Zero, saylov kompaniyasi uchun to‘planadigan mablag‘, asosan, saylovchilar xayriyasidan shakllanadi. Bu esa nomzodning aholi orasida mashhurligi, unga nisbatan xayrixohlik qay darajada ekanini ham ko‘rsatadi. Shu bois Amerika matbuoti nomzodlar saylov kampaniyasi davomida qancha mablag‘ to‘play olganiga ham e’tibor qaratishadi.

AQSHda prezidentlik saylovi 2024 yil noyabrga belgilangan. Amaldagi yetakchi Jo Bayden ham “boshlagan ishini yakunlash” uchun ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yishini aprel oyida rasman e’lon qildi va saylov kampaniyasi veb-saytini ishga tushirdi.

S.Rahimov, O‘zA