Poytaxtimizda uch kun mobaynida o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib va sovrindorlar aniqladi.
Qit’a badiiy gimnastikasining eng yetakchi sportchilari ishtirok etgan musobaqalarda g‘oliblik bilan birga “Parij-2024” Olimpiadasi yo‘llanmalari uchun kurash olib borildi.
Uch kun davom etgan qiziqarli bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 10 ta oltin va 7 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Dastlabki kungi guruh mashqida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining oltin medal va “Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega chiqishi, Taxmina Ikromova, bulavachi qizlarimizning oltin medalli bo‘lishi, Lola Jo‘rayeva, Viktoriya Nikiforova, Natalya Usova, Mishel Nesterova kabi terma jamoamiz a’zolarining sovrindorlar qatoriga qo‘shilishi o‘ziga xos voqea bo‘ldi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA