Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida

Saudiya rasmiy axborot agentligi – SPA kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud bilan telefon orqali muloqoti haqida xabar berdi.

Nashrda mamlakatlarimiz o‘zaro munosabati so‘nggi yillarda misli ko‘rilmagan darajada yuksalayotgani ta’kidlangan. Ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun bor imkoniyatdan foydalanishga kelishib olingani bayon qilingan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA