O‘zbek va turk xalqlarini ko‘hna tarix, mushtarak qadriyatlar va o‘xshash urf-odatlar bir-biriga bog‘lab turadi. Keyingi yillarda xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, hamkorlikni rivojlantirish borasida dadil qadamlar qo‘yildi.
Buni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri Nurettin Janikli O‘zA muxbiriga intervyusida alohida ta’kidladi:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib, o‘zaro munosabatlarimizni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildik. Bu uchrashuv bizni mamnun etdi.
O‘zbekistonning mudofaa qobiliyati mustahkam, yuqori salohiyat va boy tajribaga ega. Biroq munosabatlarimizning hozirgi holatini mavjud imkoniyatlarimiz darajasida, deb bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash, amaliy hamkorligimizni yanada rivojlantirish, harbiy ta’lim sohasida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashdik.
O‘zaro manfaatli hamkorligimiz yangi bosqichda izchil davom etayotganidan mamnunmiz.