Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi “Ziyokor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 481–saylov uchastkasida yosh kelin-kuyovlar oila deb atalmish muqaddas dargohga qo‘ygan birinchi qadamini muhim siyosiy jarayonda ishtirok etish bilan boshladi.
Norbek Zoirov va Shohida Nag‘metova o‘z hududidagi saylov uchastkasiga borib, munosib topgan nomzodiga ovoz berdi.
Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi.
–Baxt to‘yimizning siyosiy jarayonga to‘g‘ri kelganidan xursandmiz, – deydi Norbek Zoirov. – Mamlakatimizda yosh oilalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikdan mamnunmiz. Tilagim, yurtimizda baxtli oilalar ko‘payaversin.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri