Aqsao‘laq (oqsovlaq) – qoraqalpoq milliy taomlaridan biri. Xamirdan o‘ziga xos uslubda tayyorlanadigan, oqsilga boy bu taom to‘yimli va salomatlik uchun foydali bo‘lib, har bir qoraqalpoq dasturxoniga doimiy tortiladigan ne’matlardan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani «Kenes» ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi Aynura Otaboyeva uy sharoitida yarim tayyor aqsao‘laq mahsulotini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, aslo adashmadi. Chunki bu mahsulotga ichki bozorda talab yuqori. Qolaversa, Aynuraning uni mohirona tayyorlashi haqidagi ovoza ovuldan-ovulga o‘tib, buyurtmalarning ko‘payishiga olib kelmoqda.

Hozirda Aynura  o‘zi bilan birgalikda yana ikki nafar ovul ayolini ish bilan ta’minlagan. Kelgusida u ishlab chiqarish turini kengaytirib, yangi ish o‘rinlari yaratishni mo‘ljallamoqda.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA