Bugungi kunga kelib, ijtimoiy tarmoqlarda mavzu va muammo qolib shaxsga nisbatan haqoratli izohlarni ko‘p uchratamiz. Afsuski, bu inson sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitilishi sifatida baholanib, jinoiy javobgarlikkacha tortilishi mumkinligini ko‘pchilik o‘ylab ham ko‘rmaydi.

Haqorat qilish – so‘kinish, kamsitish, turli xil qiliqlar qilish orqali va boshqa shakllarda ifodalanib, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini yerga urishga qaratilgan bo‘ladi. Ma’lum bir gapni haqorat deb hisoblashda u gapning haqiqatga mos yoki yolg‘on ekanligi ahamiyatli emas, uning beodob shaklda, axloq normalariga zid ravishda ifoda etilishi muhim. Masalan, nogironligi ma’lum bo‘lgan insonga “sen cho‘loq, majruhsan”, deyish mazmunan haqiqatga mos kelar, lekin bu beodoblarcha birovni sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib aytilayotgani tufayli haqorat hisoblanishi kerak.

Batafsil ma’lumotni mutaxassisdan eshitsak.

M.Turdaliyeva, A.Sodiqov O‘zA