FOTOREPORTAJ

Sportning futbol va mini futbol turi bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Bu yilgi musobaqaning o‘ziga xos tomoni shundaki,  mini futbol o‘yinlarida ayollar jamoalari ham ishtirok etmoqda. Musobaqada respublikaning barcha tuman va shaharlaridan 17 ta jamoa qatnashmoqda.

Ayni kunlarda futbol va mini futbol bo‘yicha ishtirokchi jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlar guruhlarga bo‘lingan holda Ellikqal’a, Qanliko‘l, Kegeyli tumanlari va Nukus shahrida o‘tkazilyapti. Qiziqarli va murosasiz kechayotgan bahslar barcha jamoaning musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rganidan dalolat bermoqda.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA