O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) saylovni kuzatish missiyasi rahbari Ursula Gachek bilan uchrashdi.

Uchrashuvda qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirish sohasida YeXHT DIIHB bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, bo‘lajak Prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Saylov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga doimiy tus berishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Saylov qonunchiligi va saylovlarni tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni amalga oshirishda samarali hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi. Saylov qonunchiligini demokratlashtirishning turli jihatlari bo‘yicha hamkorlik va o‘zaro aloqalarni yanada chuqurlashtirishga har ikkala taraf ham tayyor ekanligini qayd etdi.

 

N.Abduraimova,  

O‘zA