O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, bolalar uchun mo‘ljallangan eng yaxshi tele va radioloyiha;
“Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan eng yaxshi material”; ommaviy axborot vositalari xodimlarining xorijiy tillarni o‘rganish hamda xorijiy tillar bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lish uchun imtihon topshirish xarajatlarini qoplash;
jismoniy shaxslar tomonidan davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga elektron tarzda obuna bo‘lish hamda davriy bosma nashrlar uchun obuna xarajatlarining bir qismini qaytarib berish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari muassisligida bo‘lmagan davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shakllarini yaratish, ularni modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
2026 yil 1 yanvarga qadar har yili “Obuna” yagona elektron platformasi orqali amalga oshirilgan davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining bir qismi Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qaytariladi.
Platforma orqali obuna bo‘lishda davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlarini tarqatish sohasida qonunchilik hujjatlariga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatiladi.
“Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi har chorak yakunida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinayotgan eng yaxshi deb topilgan materiallarni aniqlash hamda ularning mualliflarini taqdirlash maqsadida tashkil etiladi.
Tanlov gazetalar va jurnal (axborotnoma-byulleten)larda chop etilgan materiallar, telekanallarda efirga uzatilgan materiallar, radiokanallarda efirga uzatilgan materiallar, veb-saytlarda e’lon qilingan materiallar yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.
2023 yil iyul oyidan boshlab eng yaxshi materiallarni keng jamoatchilik va malakali mustaqil ekspertlar muhokamasiga havola qilish maxsus elektron platforma orqali amalga oshiriladi.
O‘zA