Yevropa Ittifoqi Ukraina Qurolli Kuchlari qarshi hujumini qo‘llab-quvvatlash uchun mamlakatga million birlik yirik kalibrli snaryad va boshqa turdagi aslaha yetkazib beradi. Ayni mazmunda YeI mulozimi Terri Breton bayonot bergan.
– Qurol, o‘q-dori yetkazib berish bo‘yicha sa’y-harakatni faollashtirish niyatidamiz, – dedi Breton “Le Parisien” gazetasiga bergan intervyusida. – Yaqin 12 oy davomida YeI Kiyevga million dona yirik kalibrli qurol-aslaha yetkazib berishi kerak.
Ta’kidlanishicha, harbiy harakat yuqori sur’atda olib borilyapti, bunday vaziyatda o‘q-dori hal qiluvchi ahamiyatga ega.
“Biz urush yana bir necha oy yoki yanayam ko‘proq vaqt cho‘zilishiga tayyorlanyapmiz”, – ta’kidlagan yevrokomissar.