Birlashgan Arab Amirliklari joriy yil oxirida bo‘lib o‘tadigan BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi – “COP28”ga mezbonlik qiladi. “WAM” axborot agentligi sahifalarida e’lon qilingan maqolada Fors ko‘rfazi arab davlatlari BAAni to‘liq qo‘llab-quvvatlashi, yaqinda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari vazirlar yig‘ilishidan so‘ng iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda ushbu konferensiya juda muhimligi ta’kidlangan. Ushbu konferensiya 1995 yildan beri har yili o‘tkazib kelinadi. Joriy yil iqlim o‘zgarishi oqibatini yumshatish, bunday holatlarga moslashishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi – “SOR27” konferensiyasi Misr Arab Respublikasi Sharm Ash-Shayx shahrida bo‘lib o‘tgan. Anjumanda 100 dan ziyod davlat va hukumat rahbari, 197 mamlakatdan 60 mingga yaqin nufuzli shaxs, olim, faol, jumladan, Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA