Qirg‘izistonda erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha 17 va 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining dastlabki bellashuvlarida yurtimiz sportchilari 11 ta medalga ega chiqdi.
U-17 toifasida yunon-rum hamda ayollar kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda terma jamoamiz a’zolaridan Shahzod Ro‘ziohunov va Bekmurod Rustamov oltin, Sardorbek Rustamov, Nilufar Nurmuhammedova, Sohibjamol Esbosinova, Asaloy Amangeldiyeva kumush, Hojiakbar Qo‘chqorov, Dostonbek Oripov, Ayitjan Xalmaxanov, Shohista Shonazarova, Nigina Rajabova bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Qit’a chempionati bahslari davom etmoqda.
T. Ro‘ziyev, O‘zA