O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamkorligida tashkil etilgan “Salomatlik poyezdi” Orolbo‘yiga yetib keldi.
Ushbu aksiya orqali Orolbo‘yi mintaqasining havo yo‘llari tarmoqlari yo‘q, avtomobillar harakati uchun sharoitlar yetarli bo‘lmagan uzoq hududlari aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularga zarur dori vositalari va tibbiy sarflov materiallarini yetkazib berish maqsad qilingan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Salomatlik poyezdi” ga 1,5 milliard so‘m miqdoridagi 5 tonnadan ortiq dori vositasi va tibbiy material yuklangan bo‘lib, ular orasida profilaktika maqsadida qabul qilinadigan vitaminlar, mikroelementlar hamda boshqa zarur dori-darmonlar, shuningdek, shaxsiy gigiyena vositalari mavjud.
Bu poyezdlarda hududlarga yo‘l olgan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining jami 200 nafardan ziyod malakali mutaxassisi aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi. Nukus shahrida aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari boshlab yuborildi.
Dovud ABIBULLAEV,
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA