Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bugun Qozog‘iston Respublikasining Samarqand shahridagi Bosh konsulxonasiga borib, Abay viloyatida sodir bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘inlari oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan marhumlarning yaqinlari va Qozog‘iston xalqiga samarqandliklar nomidan hamdardlik bildirdi. Konsulxonada tashkil etilgan hamdardlik daftariga o‘z izhorlarini yozib qoldirdi.
O‘rmon yong‘inlarida qozog‘istonliklar qurbon bo‘lgani sababli 12 iyun Qozog‘istonda milliy motam kuni deb e’lon qilgandi.
G‘.HASANOV, O‘zA