Qur’on musobaqasi davom etyapti

ONLAYN XABAR 
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizning Talabalar shaharchasidagi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqiga qarashli «Yoshlar markazi»da Qur’on musobaqasining respublika bosqichi qizg‘in davom etyapti.

Dastavval bino foyyesida ishtirokchilar va mehmonlar katta tantana bilan kutib olindi.

Tadbirni Husan Abdulmajidov Qur’on tilovati bilan ochib berdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov kirish so‘zi bilan ishtirokchilarni muborakbod etib, ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

Davlat madhiyasi yangragandan so‘ng tilovat yo‘nalishi bo‘yicha qorilar bahslarga kirishdi.

Musobaqani diniy idora rahbariyati, ulamolar, faxriy imomlar kuzatuvchi sifatida baholab borishyapti.

Hakamlar hay’ati raisi Hasanxon Abdulmajidov Usmonxon Alimov ishtirokchilar uchun taklif etgan imtiyozni e’lon qildi. Unga ko‘ra, jismoniy imkoniyati cheklangan ishtirokchilar avvalgi bosqichda 1-o‘rinni ololmagan bo‘lsalar-da, Kalomullohni yod olgani uchun musobaqaning respublika bosqichida ham qatnashadilar.

Qur’on musobaqasining qizg‘in kechayotgan bahslaridan xabardor bo‘lishni istasangiz, savytimizni kuzatib boring.

 

T.Nizomov