Bugun tunda Argentina maydonlarida U-20 terma jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionatining guruh uchrashuvlari yakunlandi.

Kecha, 28 may kechki payt va bugun, 29 may tunda “Ye” guruhida Iroq-Angliya-0:0, Tunis-Urugvay-0:1, “F” guruhida Gonduras-Fransiya-1:3, Janubiy Koreya-Gambiya-0:0 natijalari qayd etildi.

O‘yinlardagi hisob-kitoblarga ko‘ra, har ikki guruhdan Angliya, Tunis, Urugvay, Gambiya, Janubiy Koreya jamoalari 1/8 final “chipta”siga ega bo‘ldi.

Guruh bosqichidagi natijalarga ko‘ra, 1/8 final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:

AQSH – Yangi Zelandiya

Gambiya – Urugvay

O‘zbekiston – Isroil

Braziliya – Tunis

Kolumbiya – Slovakiya

Angliya – Italiya

Ekvador – Janubiy Koreya

Argentina – Nigeriya

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston terma jamoasi 31 may kuni tungi soat 02:00 da Isroil terma jamoasiga qarshi bahs yuritadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA