Mo‘ynoq tumanida O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Rally Muynak – 2023” avtoralli bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘ldi.

Uch kun davom etgan chempionatda  dvigatel hajmi 1600 sm3gacha “A-8”  sinfi bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent  shahridan  Farhod Daminov, Azamat Alirzayev, ikkinchi o‘rinni Jizzax viloyatidan Sanjar Nabiyev, Javohir Toshpo‘latov, uchinchi o‘rinni Qashqadaryo viloyatidan Umid Toshpo‘latov,  Jasur  Temirov  egallagan bo‘lsa, dvigatel hajmi 2000 sm3gacha “A-9” sinfi bo‘yicha Toshkent shahridan Farrux O‘rinov, Sergey Alimovlar birinchi, Andijon viloyatidan Ibrohim va Baxtiyor To‘ychiyevlar ikkinchi, Samarqand viloyatidan Fikrat Axtamov, Firuz Djumayev uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. “Baggi” bo‘yicha Toshkent shahridan Ravshan Qobilov, Andijon viloyatidan Abdumannon Kozakov, Buxoro viloyatidan Murot Istamov sovrinli o‘rinlarni egalladi.

Shuningdek, dvigatel hajmi 125 sm3gacha bo‘lgan mototsikl bo‘yicha birinchi o‘rinni Buxoro viloyatidan Baxtiyor Axmedov, ikkinchi o‘rinni Navoiy viloyatidan Bogdan Saturyan, uchinchi o‘rinni Buxoro viloyatidan Asadbek Rajabov qo‘lga kiritgan bo‘lsa,  dvigatel hajmi  500 sm3gacha mototsikl bo‘yicha Buxoro viloyatidan Jasur Samatov birinchi, ushbu viloyatdan Bekzod Xalimboyev ikkinchi, Andijon viloyatidan Ibrohim Adxamov uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

“Rally Muynak – 2023” avtomobil sporti musobaqalari g‘oliblariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini 100, 50, 15, 10, 5 million so‘mdan pul mukofotlari, shuningdek, g‘oliblar, murabbiylar va hakamlarga O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi rahbariyatining esdalik sovg‘alari ham topshirildi.

Taqdirlash marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev ishtirok etdi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri