“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari loyihasini portalga kiritish vakolati endilikda aynan mahalla raislariga beriladi.
Vakolat berilgani mahalla raislari o‘zi xohlagan ko‘chadagi ijtimoiy soha tashkilotini jihozlash yoki ta’mirlash bo‘yicha loyihani kiritadi, degani emas. Qarorda ham, Nizomda ham xotin-qizlar, yoshlar hamda mahalla faollari bilan maslahatlashgan holda loyihalarni shakllantirishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Oddiy qilib aytadigan bo‘lsak, mahallalarda ko‘chaboshilar, o‘z o‘rniga ega bo‘lgan faol fuqarolar bor. Ushbu fuqarolar qaysi ishni amalga oshirish zarur bo‘lsa, o‘zlarining fikrlari va takliflarini bildiradilar. Mahalla raislari bildirilgan fikrlarni ko‘rib chiqib, loyihani “Ochiq byudjet” portaliga kiritadi. Mahalla oqsoqoli jamoatchilik fikrisiz o‘zi loyihani portalga kiritish huquqiga ega emas, — deydi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Azimjon Hasanov.
N.Rahmonova,
Yo.Meliboyev (video), O‘zA