19-21 may kunlari Xirosimada G7 yetakchilari sammiti bo‘lib o‘tadi.
Reuters agentligining yozishicha, sammitda Moskvaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish masalasi muhokama etilishi kutilmoqda. Yangi choralar Rossiya qurolli kuchlari uchun qo‘llasa bo‘ladigan tovarlar eksportini cheklashga qaratiladi.
Agentlik qaysi tovarlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan. Bundan tashqari, G7 ko‘rayotgan choralar uchinchi mamlakatlarni sanksiyaga amal qilmaslik holatlariga chek qo‘yishga hamda Rossiyaning kelgusida energiya ishlab chiqarishiga putur yetkazishga ham qaratiladi.
“Yettilik guruhi”ga raislik qilish 2023 yildan boshlab Yaponiyaga o‘tgan.