Avval xabar qilganimizdek, Vazirlar Mahkamasida ijtimoiy soha vakillarini jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, rahbarlar mas’uliyatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Bosh vazir Samarqand viloyati Nurobod tumani Jom qishlog‘ida “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlariga nafaqat tumandagi, balki qo‘shni tumandagi maktab o‘qituvchilarini majburan jalb etish holati kuzatilayotganini tanqid qildi.
O‘zA