Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasining jahon chempionatida qatnashadigan tarkibi ma’lum bo‘ldi.

Toshkent mezbonligida 1-14 may kunlari o‘tadigan janglarda yurtimiz sharafini himoya qiladigan charm qo‘lqop ustalari tarkibidan kutilganidek, Hasanboy Do‘smatov, Bahodir Jalolov kabi Olimpiada chempionlarini uchratish mumkin.

13 nafar bokschidan iborat to‘liq tarkib esa quyidagicha ko‘rinish olgan:

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov

-54 kg: Oybek Jo‘rayev

-57 kg: Abdumalik Xalakov

-60 kg: Mujbillo Tursunov

-63,5 kg: Ruslan Abdullayev

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev

-71 kg: Saidjamshid Jafarov

-75 kg: A’loxon Abdullayev

-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev

-86 kg: Shohjahon Abdullayev

-92 kg Lazizbek Mullojonov

+92 kg: Bahodir Jalolov.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi jahon chempionati 2021 yil Serbiyada o‘tib, unda vakillarimizdan Abdumalik Xalokov kumush medali, Madiyar Saidrahimov bronzaga ega chiqqandi. JCH-2019da esa O‘zbekiston milliy jamoasi Bahodir Jalolov, Mirazizbek Mirzaxalilov va Shahobiddin Zoirovning oltin, Dilshodbek Ro‘zmatovning kumush va Bobo-Usmon Boturovning bronza medali evaziga umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan edi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA