Toshkentda yengil atletika bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Osiyo chempionati start oldi. Qit’amizning 40 ta mamlakatidan tashrif buyurgan atletlar qatnashayotgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki medallarini qo‘lga kiritdi.
Qizlar o‘rtasidagi uzunlikka sakrash dasturida Sharifa Davronova, yigitlar o‘rtasidagi yadro uloqtirish sektorida esa Abduazim Rahmatulloyev kumush medallarga sazovor bo‘ldi. Qayd etish joiz, Sharifa Davronova hali oldinda uch hatlab sakrash dasturida ham medallar uchun kurash olib boradi.
Chempionat 30 aprelga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA