Farg‘onada muay-tay bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida davom etayotgan O‘zbekiston chempionatida kuchli sportchilar saralanmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi sport klublarida shug‘ullanayotgan 500 nafarga yaqin yoshlar musobaqalar davomida muay-tayning 53 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Ushbu chempionatda sovrinli o‘rinlarni egallagan sportchilardan tashkil topadigan mamlakat terma jamoasi joriy yil 4-14 avgust kunlari Belarusning Orsha shahrida o‘tadigan II MDH o‘yinlarida vatanimiz sharafini himoya qiladi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA