Xabar berganimizdek, Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

Chempionatning birinchi kun dasturidan o‘rin olgan final bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 4 ta oltin, 2 kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, hamyurtlarimizdan Haytmurod Sherqo‘ziyev, Shahrizoda Mavlonova, Dinara Jo‘rayeva hamda Zarruh Rustamov, Azizbek Madulloyev juftligi oltin medallarga ega chiqdi.

Shuningdek, Shahnoza Mirzayeva, To‘rabek Nazarqulov yakkalikda, Kamila Malaxova va Dilshoda Abdurahmonova juftlikda sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Qit’a chempionati bahslari 30 aprelga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA