Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Bolalar – bizning baxtimiz” xalqaro hamkorlik aksiyasi tashkil etilmoqda.

Mazkur aksiyada rossiyalik tajribali bolalar jarrohi  Yuriy Andreyevich Kozlov mamlakatimizga taklif etilgan. U tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali bolalar jarrohi, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan shifokor, “Rossiyaning eng yaxshi shifokori” tanlovi g‘olibi. Shu bilan birga, Rossiya bolalar jarrohlari assotsiatsiyasi (RADX), Yevropa bolalar jarrohlari assotsiatsiyasi (YeUPSA), Tinch okeani bolalar jarrohlari assotsiatsiyasi (PAPS) va Xalqaro pediatriya endojarrohlik assotsiatsiyasi (IPEG), 2022 yildan Rossiya fanlar akademiyasining muxbir a’zosi hisoblanadi.

Rossiyalik bolalar shifokori Yuriy Kozlov mamlakatimizda bir nechta murakkab bolalar  jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazgan. Navbatdagi tashrifi doirasida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti huzuridagi bolalar klinikasida joriy yil 29 apreldan 2 mayga qadar jarrohlik amaliyotiga muhtojligi bor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA