Ozarbayjonning Boku shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon kubogining navbatdagi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

E’tiborli jihati, har ikkita medalni mahoratli sportchimiz Taxmina Ikromova qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz qiziqarli bahslar davomida to‘p va tasmadagi mashqlarda shohsupaga ko‘tarildi.

To‘p bilan o‘tkazilgan mashqlarda oltin medal germaniyalik Darya Varfolomeyevga, kumush medal bolgariyalik Yeva Brezaliyevaga nasib etdi.

Tasmadagi mashqlarda esa Ikromovadan oldingi o‘rinlar Bolgariya terma jamoasi a’zolariga tegishli bo‘ldi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA