O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Blida viloyatining Bufarik aeroporti yaqinida harbiy samolyotning qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulaziz Buteflika va Jazoir xalqiga hamdardlik bildirdi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar qildi.