Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini moddama-modda ko‘rib chiqish davomida 92-moddaning muhokamasida O‘zXDP fraksiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov davlat rahbari tomonidan taklif qilingan aralash saylov tizimini Konstitutsiyada mustahkamlash taklifini bildirgan edi.

Aralash saylov tizimiga muvofiq, parlament quyi palatasi deputatlari majoritar va proporsional tizim orqali saylanadi. Ya’ni, Qonunchilik palatasiga saylanadigan 75 deputat majoritar tizim orqali, 75 nafari esa proporsional usulda saylanadi. Bunda ovoz beruvchilar aniq shaxslarga emas, partiyaga ovoz beradi. Partiya egallagan o‘rinlariga o‘zi kadrlarni tanlashi mumkin bo‘ladi.

Ayni paytda davom etayotgan muhokamalarda deputatlar ushbu taklif haqida to‘xtalar ekan, amaldagi Konstitutsiya ham, yangilanayotgan Konstitutsiya ham bunga to‘sqinlik qilmasligi, shu bois Konstitutsiyada saylovga oid normani umumiy qoldirishga kelishildi. Aralash saylov tizimini saylov qonunchiligida aks ettirsa bo‘ladi, degan to‘xtamga kelindi.

 

M.Komilova,  

O‘zA