Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham bahor mavsumida ko‘chatlar ekish, parvarishlash va saqlash bilan bog‘liq tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mahallalarda bo‘sh yer maydonlarida, fuqarolar yig‘inlari hududida daraxtlar ekish, xayriya tashabbuslarini amalga oshirish, hududlarda ariq va lotoklarni tozalash, daraxt ko‘chatlariga ishlov va shakl berish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan Nukus shahri “Havo yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘inida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi. Tadbirda vazirlik, fond hamda fuqarolar yig‘inlari faollari ishtirok etib, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlarida loyiha doirasida obodonlashtirish tadbirlari davom etmoqda.


Dovud ABIBULLAEV, O‘zA