Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida “Yoshlar daftari” ga kiritilgan 57 nafar yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskunalar topshirildi

Tadbirda ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Orolbo‘yi yoshlarining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, taklif va istaklarini o‘rganish, ularni hal etish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, “Nukus shahar tajribasi” asosida Mo‘ynoq tumani mahallalarida uyma-uy xatlov ishlari olib borilishi natijasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, bandligi ta’minlanmagan  206 nafar yoshlar “Yoshlar daftari” elektron platformasiga kiritildi. Shundan, 57 nafariga o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va bandligini ta’minlash uchun subsidiya asosida asbob-uskunalar topshirildi.

Bundan tashqari, Yoshlar ishlari agentligi mablag‘i hisobidan 12 nafar yoshning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmati badali, 10 nafarining haydovchilarni tayyorlash o‘quv kursi xarajatlari to‘lanib, 6 nafariga moddiy yordam puli berildi.

Tumanda ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, taklif va istaklarini o‘rganish, ularni hal etish borasidagi ishlar davom etmoqda

Dovud ABIBULLAEV,

O‘zA muxbiri