FOTOREPORTAJ
O‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish, qobiliyatini rivojlantirish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda “Barkamol avlod” bolalar maktablari muhim o‘rin egallaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida jami 17 ta tuman va shahar hamda 1 ta Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat yuritmoqda. Ularda tashkil etilgan 809 ta to‘garakda 24 ming dan ziyod o‘quvchi mahorat oshirmoqda.
To‘garaklar asosan, “Madaniyat va san’at”, “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish”, “Jismoniy tarbiya va sport”, “Hunarmandchilik va qo‘l mehnati”, “Turizm va ekologiya”, “Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” hamda “Xorijiy tillar” yo‘nalishlariga ixtisoslashtirilgan.
Maktab yoshlari tuman va shahar, respublika va xalqaro miqyosida o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazma, ko‘rik-tanlovlar va festivallarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA