Soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, endi “Soliq” mobil ilovasida keshbek olish uchun Face ID bo‘yicha identifikatsiyadan o‘tish talab qilinadi. Ilgari faqat 500 ming so‘mdan ortiq mablag‘ni olish uchun fotosurat yordamida shaxsni tasdiqlash talab qilinar edi. Endi bu shart har qanday bonus miqdori uchun amal qiladi.

Xizmat shaxsiy hisobdagi Face ID bo‘limida mavjud. Buni amalga oshirish uchun shaxsiy identifikatsiya raqamini (JSHSHIR) kiritish, keyin selfi olish va uni tasdiqlash uchun yuborish kerak.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, o‘tgan yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslar bank kartalariga xarid summasidan 1 foiz keshbek qaytarilmoqda.  2022 yil sentyabr oyidan boshlab Soliq qo‘mitasi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat xarajatlaridan ham keshbek qaytarishni yo‘lga qo‘ygan.

O‘zA